Loyiha haqida
Ushbu loyiha O‘zbek tilini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan. Loyiha Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot institutining yosh dasturchilar jamoasi tomonidan ishlab chiqildi. Tilim.uzdan hamma istalgan joyda, istalgan vaqtda - oson va mutlaqo bepul foydalanishi mumkin.Loyihada Lotin-Kirill va Kirill-Lotin o‘girish tizimi, sun’iy intellekt texnologiyasi asosida matndagi xatolarni aniqlash va matnning ma’nosiga qarab keyingi so‘zlarni aniqlash tizimi va matnli ma’lumotlarni ovozli xabarga va ovozli xabarni matnli ma’lumotga aylantirish tizimi joriy qilingan.