Foydalanuvchi siyosati

1.Umumiy qoidalar
1.1.Matn.uz tizimi faoliyati demokratiya, insonparvarlik, barcha uchun ochiqligi, umuminsoniy qadriyatlar ustunligi, shaxsning erkin rivojlanishi prinsiplariga asoslangan.
1.2. Matn.uz tizimidan foydalanish bepul.
2. Matn.uz tizimining asosiy vazifalari
2.1. Berilgan matnning imlo xatolari mavjud yoki yo‘qligini tekshirish, universal izohli lug‘at, lotin alifbosida keltirilgan matnni kirill alifbosiga o‘girib berish (shu o‘rinda kirill alifbosidagi matnni lotin alifbosiga o‘girish), matn tahriri.
2.2. Dasturchilar uchun REST-API xizmati.
3. Foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
3.1. Tizimdan foydalanish huquqi fuqaroligi, yoshi, ijtimoiy va boshqa kelib chiqishidan qat’i nazar, turli hududlarda yashovchi barcha aholiga, shu jumladan ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarga beriladi.
3.2. Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
- Tizim fondidan kerakli so‘zlar haqida to‘liq izoh olish;
- Tizim tomonidan ko‘rsatiladigan imloviy xatolar tekshirish, onlayn tahrirlash va boshqa xizmat turlaridan foydalanish;
- Tizimning kamchiliklarini ko‘rsatish (qayta aloqa bo‘limi) hamda izohli lug‘at omborini to‘ldirish;
3.3. Tizimning xizmatlaridan foydalanish mutlaqo bepul va ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi.
3.4. Foydalanuvchilarga cheklanmagan ravishda o‘z materiallarini tekshirish imkoniyati beriladi. Dasturchilarga REST-API xizmati maxsus kelishuv hamda bepul ravishda taqdim etiladi.
3.5. Tizimni rivojlantirish bo‘yicha takliflar berish hamda hamkorlikka chorlash.
3.6. Foydalanuvchilarni tizimga kiritilayotgan ma’lumotlarga (yangi so‘z qo‘shish, so‘zga izoh berish, qayta aloqa xizmatidan foydalanish) e’tibor bilan qarashga chorlaymiz. Tizim faoliyatida kamchiliklar aniqlansa, Matn.uz xodimlariga xabar berishlarini so‘raymiz.
3.7. Matn.uz tizimiga zarar yetkazgan shaxslar, qonunga binoan jinoiy yoki boshqa javobgarlikka tortiladi.
3.8. ARM fondidan hujjatlar va materiallarni yo‘qotgan yoki unga qayta tiklab bo‘lmaydigan darajada zarar yetkazgan foydalanuvchilar ARM xodimlari tomonidan tan olingan teng qiymatli xuddi shunday hujjat va materiallar bilan o‘zgartirishlari (shu jumladan, nusxalari bilan) kerak bo‘ladi. Buning imkoni bo‘lmagan hollarda ularning qiymati 5 barobar narxda undiriladi. Ko‘p miqdorli (bir necha barobar ko‘p miqdordagi to‘lov) amaldagi belgilangan hujjatlar asosida yo‘qotilgan va zarar ko‘rgan nashrlarning bahosidan kelib chiqqan holda ARM xodimlari yoki jalb etilgan mutaxassislar tomonidan aniqlanadi.
3.9. Tizimdan foydalanish qoidalarini buzgan foydalanuvchilar ma’lum muddatga rahbariyat tomonidan o‘rnatilgan Tizimdan foydalanish huquqidan mahrum etilishi mumkin.
4. Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Tizimning majburiyatlari
4.1. Tizimdagi materiallardan qoidalar asosida foydalanishni ta’minlash hamda ularni saqlash va hisobot ishlarini amalga oshirish, izohli lug‘atni yuritish; - foydalanuvchilarga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan turdagi xizmatlardan foydalanishlarini ta’minlashi; - foydalanuvchilarning talablarini o‘rganish va imkon qadar qondirib borish; - xizmatlarni mukammallashtirish maqsadida foydalanuvchilar bilan ishlashning turli individual va guruhli shaklini qo‘llash; - foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda yuqori madaniyat namunasini ko‘rsatish va kasb mahoratini ta’minlash; - kerakli axborotlarni mustaqil ravishda izlashni o‘rgatish bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun sharoit yaratish; - tizimning ijobiy qiyofasini yaratishga ko‘maklashish, ARM tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni va fondlarni targ‘ib qilish, foydalanuvchilarning talablarini o‘rganish va ularning xohishlarini inobatga olgan holda yangidan-yangi xizmat turlarini yaratib borish.